Har bir viloyatning oʻz mahallasi bor. Har bir obunachining oʻz hovlisi — darvozasida niki yozilgan. Kim oldin qoʻshilgan boʻlsa, mahalla markaziga yaqinroq yashaydi.
Har bir obunachiga bitta hovli bepul — darvozasida nikingiz yoziladi. Obuna boʻlgan boʻlsangiz, hovlingiz tanlagan viloyatingiz mahallasiga koʻchadi. Hali obuna boʻlmagan boʻlsangiz — roʻyxatdan oʻtasiz, obuna tasdiqlangach hovli paydo boʻladi. Qoʻshimcha uy — pullik.
Shahar 14 ta mahalladan iborat — har bir viloyatga bittadan. Mahallani bossangiz, oʻsha yerga uchib borasiz.
Odatda sifat qurilmangizga qarab avtomatik tanlanadi. Telefon qizisa yoki qotsa — pastroq darajani tanlang.
Markaziy maydonda ikkita joy boʻsh turibdi. Ovoz bering — eng koʻp ovoz olgan bino keyingi sonda quriladi. Instagramda @shaharquramiz videosi ostidagi eng koʻp layk olgan izoh ham hisobga olinadi.